20:50 / 15.07.2015
2820

Twitter aksiyalari soxta yangilikdan keyin 8 foizga ko‘tarilib ketdi

Twitter aksiyalari 14 iyul kunlaridagi savdolar paytida kompaniyaga 31 mlrd dollarlik sotib olish taklifi bildirilgani haqidagi xabar tufayli 8 foizga ko‘tarilib ketdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri. Biroq keyinroq bu yangilik soxta ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Ushbu xabar Bloomberg News agentligi sayti dizaynini taqlid qiluvchi soxta veb-sahifada chop etilgan, aynan shu holat treyderlarni chalg‘itgan.

Soxta xabarda Twitter banklar bilan birgalikda noma'lum da'vogardan kelib tushgan taklifni qarab chiqayotgani aytilgan. Biroq Bloomberg News vakili o‘z tvitterida ushbu xabar yolg‘onligini aytgan. Bu xabar bloomberg.market saytida chop etilgan, vaholanki Bloomberg agentligining rasmiy veb-sahifasi bloomberg.com manzili bo‘yicha joylashgan.

Twitter aksiyalari 14 iyulda bozor yopilishidan oldin 37 dollarni tashkil qilgan, bu o‘tgan sessiyaga nisbatan 3 foizga ko‘proqni tashkil qilgan.

Firibgarlarning treyderlarni alday olganlari qisman bozorda Twitter ga bir qator kompaniyalardan qiziqish bildirilayotgani haqida yurgan gaplar bilan tushuntirilmoqda. Bu gaplar o‘tgan oyda kompaniyaning ijrochi direktori Dik Kostolo iste'foga ketgandan keyin paydo bo‘lgan edi.

Top