Jamiyat | 13:22 / 15.07.2015
3860
2 daqiqa o‘qiladi

Uchtepada talonchilar bir oilaning 40 mln so‘m va 70 ming dollar pulini o‘marib ketdi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi Fathullo Ziyoyevning uyiga talonchilar bostirib kirib, katta miqdordagi pullarni o‘g‘irlab ketdi. Voqea tafsilotlari “Na postu” gazetasida yoritildi.
Aytilishicha, uch nafar jinoyatchi tungi soat 2:00da Ziyoyevlar xonadoniga bostirib kirib, oila rahbariga pichoq bilan tahdid qilgan. Erkak ularga seyfda saqlab kelgan boyliklarini berishga majbur qolgan. Jinoyatchilar 40 mln so‘m va 70 ming dollar, shuningdek, yangi Vertu va iPhone smartfonlarini olib chiqib ketishgan. Ular ketishi bilan Ziyoyev darhol 102ga qo‘ng‘iroq qilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida jinoyatchilar guruhi qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, to‘da rahbari ilgari ko‘p bora sudlangan Dilshod Kozimov xavfli retsidivist hisoblanadi. O‘ktam Jo‘rayev va Zohid O‘rmonovlar unga sheriklik qilgan. O‘g‘irlangan pullar va qimmatliklar Kozimovning uyidan topilgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish