Jamiyat | 21:47 / 16.07.2015
27617
1 daqiqa o‘qiladi

“Gangnam Style” qo‘shig‘i ijrochisi PSY Xitoyning Xanchjou shahrida avtohalokatga uchradi

O‘zining “Gangnam Style” qo‘shig‘i bilan butun dunyoga bir zumda mashhur bo‘lib ketgan janubiy koreyalik rep ijrochi Say (PSY) Xitoyning Xanchjou shahrida avtohalokatga uchradi.

Mahalliy OAVlarning ma'lum qilishicha, qo‘shiqchiga tegishli qizil rangdagi Rolls-Royce avtomobili avtobus bilan to‘qnashib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech qim jarohat olmadi, faqatgina qo‘shiqchi mashinasining oldi qismiga shikast yetdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish