Jahon | 17:49 / 16.07.2015
6089
1 daqiqa o‘qiladi

Anapada o‘zbekistonlik ishchilarning vino bochkasida halok bo‘lgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

Rossiyaning Anapa shahrida mehnat muhofazasi talablarining buzilishi oqibatida ikki O‘zbekiston fuqarosining halok bo‘lishi yuzasidan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Krasnodar o‘lkasi tergov bo‘limi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Aniqlanishicha, Yurovka qishlog‘ida faoliyat yuritib kelgan vino quyuvchi bazada ishlayotgan 20 va 23 yoshli o‘zbekistonlik ikki ishchi shu yilning 4 iyul kuni 54 ming l suyuqlik sig‘diradigan konteynerni tozalayotgan paytda spirt bug‘laridan zaharlanib o‘lgan. Ular hujjatsiz ishlagan va himoya vositalariga ega bo‘lmagan.
Ayni paytda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish