Texnologiya | 13:08 / 16.07.2015
2005
1 daqiqa o‘qiladi

Apple uch yildan beri birinchi marta iPod Touch’ni yangiladi

Apple uch yildan beri birinchi marta iPod Touch musiqiy pleyerini yangiladi. Endi uskuna tezkor protsessor hamda yaxshilangan kameraga ega.
Yangilangan iPod Touch’ning protsessori quvvati jihatidan iPhone6 va iPhone6 Plus smartfonlariga o‘rnatilgan chiplari bilan bir xil. Kompaniya matbuot xabarnomasida aytilishicha, protsessor ilgarigi modeldagidan olti barobar tezroq ishlaydi.
Orqa kamera 8 Mp yechimga ega. Pleyerning ilgarigi versiyasida bu ko‘rsatkich 5 Mp ga teng edi. Old va orqa kameralar sekundiga o‘ntagacha surat olishi, sekundiga 120 kadr chastotali video tushirish imkoniyatiga ega. Ekran hajmi o‘zgarmadi – 4 dyuym.
iPod Touch ishlaydigan iOS 8.4 platformasiga Apple Music uchun yangi ilova qo‘shildi. Korpus besh rang formatida chiqariladi: tillarang, kumushrang, kulrang, gulob va ko‘k.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish