Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA va Saudiyada Ramazon oyining yakuni maxsus qo‘mita tomonidan e'lon qilinadi
BAA adliya vaziri Sulton bin Said al-Badiy maxsus qo‘mita tuzilib, Oyni kuzatish asosida Ramazon oyining tugashi hamda Shavvol oyining boshlanishi aniqlanishini ma'lum qildi. Qo‘mita Abu Dabida 16 iyul kuni yig‘ilish o‘tkazadi.
Adliya vaziri mamlakatdagi barcha qoziliklarga Oyni kuzatish hamda qo‘mitaga o‘z kuzatishlari asosida axborot berishni topshirdi.
Saudiya Arabistoni oliy sud kengashi ham aynan o‘sha kuni, 16 iyul kuni to‘planib, Ramazon oyining yakunlanish muddati haqida qaror chiqaradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon hayiti 18 iyul kunida o‘tkaziladi.