10:00 / 16.07.2015
2673

Bektemirda qariyb 1 kg marixuana olib ketayotgan yo‘lovchi qo‘lga olindi

Toshkentning Bektemir yo‘l-patrul xizmati maskanida o‘tkazilayotgan tekshiruv chog‘ida qariyb 1 kg mariuxanani poytaxtga olib kirmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Quyichirchiq tumanida K. Mirkomilovga tegishli Doğan rusumli avtomobil huquq-tartibot xodimlarida shubha uyg‘otib to‘xtatildi.
Mazkur avtoulovda yo‘lovchi sifatida olib ketilayotgan, 1989 yili tug‘ilgan sergelilik S. Sergeyevning yonidan polietilen paketga o‘ralgan modda topildi. U tekshirish uchun Toshkent shahar IIBBning Ekspert-kriminalistika markaziga yuborildi. Markazning xulosasiga ko‘ra bu 876.82 gr marixuana moddasi ekanligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Top