18:45 / 16.07.2015
2928

Blatter JCh-2018 saralash uchrashuvlari uchun qur'a tashlash marosimi vaqtida Putin bilan uchrashmoqchi

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutkoning xabar berishicha, FIFA prezidenti Yozef Blatter JCh-2018 saralash uchrashuvlari uchun qur'a tashlash marosimida ishtirok etish uchun Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda RIA «Novsoti» axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, Blatter mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni ham so‘ragan.

«Yozef Blatter qur'a tashlash marosimiga tashrif buyuradi. Kecha Biz bu masalani muhokama qildik va u Rossiya kelishini tasdiqladi. Shuningdek, Blatter Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkil qilib berishni so‘radi», — deydi Mutko.

Eslatib o‘tamiz, FIFAda korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar avj olgach, joriy yilning 2 iyun kuni Blatter FIFA prezidentligidan ketishini ma'lum qilgandi.

Top