Jahon | 17:31 / 16.07.2015
3420
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg Rossiyada iste'mol kollapsi yuzaga kelganini tasdiqladi

Bloomberg agentligi Rossiyada iste'mol iqtisodiyoti susayishi vujudga kelganini ta'kidladi. Bu agentlik tomonidan ekspertlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarida aks etdi.
Tahlilchilarning fikricha, iyun oyi yakunlariga ko‘ra rossiyaliklarning real daromadlari 8-oy ketma-ket tushmoqda. Bu oxirgi 15 yil ichida qayd qilingan eng jiddiy antirekord bo‘ladi.
Ekspertlarning ishonishicha, daromadning tushishi chakana savdo hajmining keskin tushishiga olib keladi. Iyun oyida bu borada 8.9 foiz tushish kuzatilgan.
2014 yil yakunlariga ko‘ra rubl eng yomon valyuta deb topildi. Bunga u 1998 yildagi darajada qadrsizlangani sabab bo‘ldi. Rubl, kichik o‘sishga qaramay, hanuzgacha bosim ostida bo‘lib kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish