15:15 / 16.07.2015
12918

Bo‘kalik erkakning hovlisidan 62 tup nasha o‘simligi topildi

1970 yili tug‘ilgan, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida istiqomat qiluvchi Surat Inog‘omov o‘z uyida nasha o‘simligini yetishtirayotgani ma'lum qilindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.

2014 yilning 3 sentabr kuni Sirg‘ali tumanida o‘tkazilayotgan “Qoradori-2014” tadbiri vaqtida shu tumandagi tomorqaning bir qismida Inog‘om tomonidan ekib yetishtirilgan, jami 62 tup nasha o‘simligi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida to‘liq rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, Inog‘omovning yonidan 4.51 gr giyohvand modda topildi.

Top