17:22 / 16.07.2015
3498

Dunyo bo‘yicha er-xotinlarning bir-biriga ko‘ngli yo‘qligi sabab ajralishlar 42 foizni tashkil qilmoqda

Dunyo bo‘yicha ajralishlar sababiga ularning foiz ko‘rsatkichlari aniqlandi. Bu haqda «Oila davrasida» gazetasi xorij statistikasi ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaning yozishicha, turmush qurishga tayyor emasligiga qaramasdan nikohdan o‘tgach, er-xotinning bir-biriga ko‘ngli yo‘qligi sababli ajrashishlar dunyo bo‘yicha 42 foizni tashkil qilmoqda. Shuningdek, ichish, chekish, giyohvandlik kabi zararli odatlar hamda nosog‘lom turmush tarzi oqibatidagi ajrimlar – 31 foiz, xiyonat sababli oila buzilishi – 15 foiz, maishiy masalalar bilan bog‘liq holatlardagi ajrimlar – 3,1 foiz, iqtisodiy muammolar tufayli ajrimlar – 1,8 foiz, rashk sababli yuzaga keladigan ajrimlar – 1,5 foizni tashkil qilishi aniqlangan.

Top