Filippin politsiyasining maxsus guruhi mamlakat janubida aksilgiyohvandlik reydini o‘tkazdi. Operatsiya davomida 7 jinoyatchi yo‘q qilindi, 39 nafari qo‘lga olindi.
Idora vakillarining xabar qilishicha, reyd Davao shahrining bir nechta tumanlarida o‘tkazilgan. Qarshilik ko‘rsatgan jinoyatchilar o‘ldirilgan, guruhning qolgan qismi hibsga olingan. Guruh tarkibida 12 nafar ayol ham bo‘lgan. Guruh a'zolari yonidan qurol-yarog‘ ham topilgan.