Jahon | 12:29 / 16.07.2015
1486
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada harbiy obektlarda terakt tayyorlashda gumon qilingan 4 kishi qo‘lga olindi

Fransiya politsiyasi harbiy obektlarda qo‘poruvchilik harakatlari tayyorlashda gumon qilingan 4 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda France 24 kanali xabar bermoqda.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Bernar Kaznevning so‘zlariga qaraganda, qo‘lga olinganlarning diniy ekstremistlar bilan aloqadorligi o‘z isbotini topgan.
Ilgariroq prezident Fransua Olland bir hafta ichida uchta terakt bartaraf qilinganini aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish