Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:48 / 16.07.2015
5010
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyada issiq havo tufayli bir hafta ichida 700 kishi halok bo‘ldi
Fransiyada issiq havo tufayli bir hafta ichida, ya'ni 29 iyundan 5 iyulgacha bo‘lgan davr ichida 700 kishi halok bo‘lgan.
Bu haqda Fransiya Sog‘liqni saqlash vaziri Marisol Turen ma'lum qildi, deb yozmoqda Le Figaro nashri.
Bu ko‘rsatkich issiq havodan odatiy o‘lish darajasidan 7 foiz ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Turenning aytishicha, issiq havo tufayli shifokorlarga 1460 marta murojaat qilingan, bu esa odatiy darajadan 10 barobar ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish