14:26 / 16.07.2015
17488

Hukumat portaliga yuzga yaqin ishonch telefonlari qo‘shildi

O‘zbekiston Respublikasi hukumati portalida yuzga yaqin hukumat idoralari, korxona va tashkilotlarning ishonch telefonlari paydo bo‘ldi.

Hukumat portalidagi ishonch telefonlari ro‘yxati vazirliklar, qo‘mitalar, uyushmalar, kompaniyalar, tekshirish agentliklari, banklar va davlat organlarini o‘z ichiga oladi.

Bunday ishonch telefonlari orqali fuqarolarning qonuniy huquqlari buzilishi holatlarida anonim qo‘ng‘iroqlar qabul qilinadi va vaziyat bo‘yicha maslahatlar beriladi.

Top