09:13 / 16.07.2015
3770

Lukashenkoning korteji YTHga uchrashi natijasida qo‘riqchilar jarohatlangani ma'lum bo‘ldi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ketayotgan kortej Orsha-Mogilev yo‘lida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. Bu haqda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining guvohliklari asosida UNN nashri xabar bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, bu voqea 7 iyul kuni, Lukashenko Aleksandriya shahridan Minskka qaytayotgan vaqtda ro‘y bergan.

"Prezident kortejiga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan BMW rusumli avtomobil katta tezlikda kortejdagi Mercedes mikroavtobusiga kelib urildi. BMW boshqaruvchisi mashinasining bir necha marta ag‘anashi natijasida og‘ir jarohatlar olgan. Ushbu avtomobil zarbasiga uchragan mikroavtobus ichidagi prezident qo‘riqchilari jarohatlanishgan va shifoxonaga yotqizilishgan", deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda bu hodisa bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Top