Sport | 01:59 / 16.07.2015
3807
1 daqiqa o‘qiladi

Madridning “Real” futbol klubi dunyodagi eng qimmatbaho sport klubi maqomini saqlab qoldi

Madridning “Real” futbol klubi AQShning Forbes jurnali talqini bo‘yicha yangilangan reytingga ko‘ra dunyodagi eng qimmatbaho sport klubi maqomini saqlab qoldi.

“Real” 3,26 mlrd dollarga baholanmoqda. Bundan avvalgi reytingda ham “Real” yetakchilik qilgan edi.

Bu borada 2- va 3-o‘rinni amerika futboli bo‘yicha “Dallas Kauboyz” klubi va “Nyu-York Yankiz” beysbol klubi bo‘lishmoqda, ular 3,2 mlrd dollardan baholanmoqda. Ushbu reytingning yuqori beshtaligidan “Barselona” (3,16 mlrd dollar) va “Manchester Yunayted” (3,1 mlrd dollar) ham o‘rin olgan. 6-o‘rinni esa “Los-Anjyeles Leykerz” basketbol klubi (2,6 mlrd dollar) egallamoqda.

Ushbu reytingdan 50 ta klub joy oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish