Jahon | 12:37 / 16.07.2015
9470
1 daqiqa o‘qiladi

Makkonnell: Obamaning merosi Eron bilan tinchlik emas, Rossiya bilan urush bo‘ladi

Barak Obamaning prezidentligidan qoladigan asosiy meros Eron bilan erishilgan kelishuv emas, Rossiya bilan sovuq urush holatining qayta jonlantirilishi bo‘ladi, deb yozadi The American Conservative nashri muharriri Skott Makkonnell.
Jurnalist AQShning Ukrainadagi siyosati amalda Rossiyaga qarshi kurashuvchi neomillatchilar va chechen “islomchilari”ni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lib qoldi deb iddao qiladi. U 2012 yili Obama saylov kampaniyasi chog‘ida raqibi Mitt Romnining “Rossiya tahdidi” haqidagi gap-so‘zlaridan kulganini eslatib o‘tdi.
Bundan tashqari, muharrirning o‘ylashicha, bunday siyosatning boshqa sababi bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘z mavjudiyatini tushunish uchun Rossiya singari raqibga muhtoj bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish