Merkel muxojirlarga nisbatan qattiqqo‘lligi sababli falastinlik qizni yig‘lashgacha olib bordi
Germaniya kansleri Angela Merkel Rostok shahridagi qochqinlar bilan suhbati davomida falastinlik qizchaning ko‘z yoshi to‘kishiga sababchi bo‘ldi.
Qizning oilasi deportatsiya qilinishga tushgan va ayni paytda qochqinlar uchun lagerda yashamoqda.
Merkel hamma muxojirlar ham Germaniyada qololmasliklarini aytganda qizcha yig‘lab yubordi.
“Men hammasini tushunaman, biroq buni aytishga majburman. Siyosat – bu achchiq narsa, boz ustiga ro‘paramda turganingizda. Shak-shubhasiz, siz yoqimli insonsizlar, biroq biz hamma muxojirlarga “Mana, bemalol Germaniyaga kelaveringlar” deya olmaymiz. Ba'zilar Germaniyani tark etishlariga to‘g‘ri keladi”, deb Merkelning aytgan so‘zlaridan keyin qizcha o‘zini tutolmay yig‘lab yuborgan.
Merkel qizchani yoniga kelib, uning boshini silab, “Sen katta ish qilding” deb uni yupatishga tushgan.
Qizcha Merkelga “qolganlar hayotdan lazzatlanar ekanlaru, biroq biz ular bilan buni baham ko‘rolmas ekanmiz” deb javob bergan.
Bunga kansler “Siyosat ba'zida shunaqa achchiq” deb va ular hammani Germaniyaga kelishiga izojat berolmasliklarini, “kimdir orqaga qaytishga majbur bo‘lishini” aytgan.