Jahon | 18:11 / 16.07.2015
6888
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi Qozon vokzalida portlash sodir bo‘ldi

Rossiya poytaxti Moskvadagi Qozon vokzalida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda NTV telekanali xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, Rossiya ichki ishlar vazirligi markaziy federal okrugi vakillari mazkur voqeani tasdiqlashgan va hozirda hodisa sabablari bo‘yicha surishtiruv olib borilayotganini bildirgan.

Vokzal xodimlarining guvohlik berishicha, qandaydir noma'lum qurilma 249 sonli yacheyka ichida portlab ketgan. Portlash kuchi hozirda noma'lum bo‘lib qolmoqda. Voqea natijasida jabrlanganlar qayd qilinmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish