Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Putinga Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi
AQSh prezidenti Barak Obama telefon orqali muloqot chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralarda kelishuvga erishilishida tutgan muhim roli uchun minnatdorchilik izhor etdi. Bu haqda Oq uyga asoslangan holda Reyter nashri xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, 14 iyul kuni Vena shahrida deyarli 20 oy davom etgan muzokaralarning yakuniy bosqichida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha "oltilik" mamlakatlari hamda Eron o‘rtasida kelishuv imzolandi.
Bundan tashqari, ikki prezident kelgusida Yaqin Sharq va Suriya hududidagi keskin vaziyat yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olishgan.