Jamiyat | 17:55 / 16.07.2015
10844
1 daqiqa o‘qiladi

Olma-Otada kapalak sindromiga ega qizaloq tug‘ildi

Qozog‘istondagi Olma-Ota shahrining Qalqaman mittitumanida tug‘ilgan qizaloq kamyob xastalik – kapalak sindromi sifatida ma'lum bullyoz epidermoliziga uchragani aytilmoqda.
Ushbu kasallikka chalingan odamning terisi shu qadar nozik bo‘ladiki, uning tanasiga teginish yaralarni keltirib chiqaradi. Qozog‘istonda bunday kasallikka chalingan 5 kishi yashaydi.
Qizaloqning onasi – Raisa Bragina farzandini qo‘liga olib, uxlata olmasligidan nadomat chekmoqda – u turmush o‘rtog‘i bilan ko‘pdan buyon farzand orzu qilayotgan edi.
Qizga Kiriyaki ismi berildi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning tanasiga teginish natijasida yaralar paydo bo‘laverdi. Buning qanday xastalik ekanligini Qaskeleng shifoxonasi xodimlari kitoblardan aniqlashdi. 20 kun davomida esa, Braginaning so‘zlariga ko‘ra, turfa tashhislar qo‘yib chiqildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish