Fan-texnika | 23:14 / 16.07.2015
3634
1 daqiqa o‘qiladi
Poyabzal ishlab chiqaruvchi kompaniya va Xiaomi «aqlli» krossovkalar ishlab chiqarmoqda
Xitoyning poyabzal ishlab chiqaruvchi kompaniyasi va smartfon ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi birgalikda «aqlli» krossovkalar ishlab chiqarmoqdalar, deb xabar bermoqda Getnews.jp portali.
Smart Shoes deb nom olgan ushbu krossovkalar smartfonga Bluetooth orqali ulanadi va qadamlar soni, bosib o‘tilgan yo‘l va buning uchun sarflangan kaloriyalarni hisoblay oladi hamda jismoniy yuklama turlarini farqlay oladi. Krossovkaning tagcharmida joylashgan datchiklarni quvvatlab bo‘lmaydi, biroq ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, akkumulyator quvvati taxminan bir yilga yetadi.
Krossovkalar 30 va 60 dollardan sotilishi aytilmoqda. Bu ikki narxdagi tafovvutning sababi hozircha ma'lum qilinmayapti.