01:27 / 16.07.2015
7013

Qo‘shiqchi Kris Braunning Los-Anjyelesdagi uyi tunab ketildi

Niqob kiyib olgan uch noma'lum shaxs AQShlik mashhur qo‘shiqchi Kris Braunning Los-Anjyelesdagi uyini tunab ketdi. Bu haqda 15 iyul kuni KTLA telekanali xabar berdi. Voqea sodir bo‘lgan paytda qo‘shiqchining o‘zi uyda bo‘lmagan. Uyda uning keksa yoshli qarindoshi bo‘lgan, o‘g‘rilar uni qaznoqqa (kichkina omborxona) qamab qo‘yishgan.

“Jinoyatchilar naqd pul, kompyuter va boshqa qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab, voqea joyidan g‘oyib bo‘lganlar. Biz kuzatuv kameralaridan olingan ma'lumotlarni o‘rganmoqdamiz. Braunning uyida bunday kameralardan 16 tasi o‘rnatilgan. Jinoyatchilarning iziga tushish uchun biror vaqt talab etiladi”, deb aytmoqda Los-Anjyeles politsiya vakili Kirk Kelli.

Qo‘shiqchi, bastakor va aktyor Kris Braunning uyi Los-Anjyeles okrugining Tarzan tumanida joylashgan va qo‘shiqchi uni bir necha yil avval 5 mln dollarga sotib olgan.

Top