Jamiyat | 18:22 / 16.07.2015
2698
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda davlat ishchilarining oyligi mehnat ko‘rsatkichlariga bog‘lab qo‘yiladi

Bir kategoriyadagi davlat ishchilari turli miqdorda oylik oladi, deb xabar beradi Qozog‘iston matbuoti. Qozog‘iston davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash agentligi devoni rahbari Oygul Shoimova maxsus brifing chog‘ida davlat ishchilari mehnatiga yarasha haq olishlarini ta'kidlab o‘tdi.
“Davlat rahbarining topshiriqlarini sifatli ijro etish maqsadida keyingi yildan mehnat to‘lovi faktor-ball shkalasi asosida amalga oshiriladi. Shkala nafaqat xodimlar iyerarxiyasini, balki ularning ish bilan bandligini va maqsadlarga erishishga qo‘shgan hissasini e'tiborga oladi. U maoshni 8 omilga ko‘ra aniqlashtirib beradi. Shu tariqa, xodim mehnatining samarasi uchun maosh oladi”, – Shoimova brifing chog‘ida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish