Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 17:04 / 16.07.2015
4700
1 daqiqa o‘qiladi
Ronda Rauzi: Meyvezer ayol bokschidan ortda qolganida, o‘zini qanday sezayotganiga qiziqayapman
UFC chempionlik tituli sohibi Ronda Rauzi ESPN telekanalining "Eng yaxshi xorijlik bokschisi" nominatsiyasi g‘olibasiga aylanganidan keyin Floyd Meyvezerning o‘zi haqidagi fikriga o‘ziga xos tarzda javob berib o‘tdi.
Bundan oldinroq, Floyd Meyvezer hech kim Ronda Rauzi ismli bokschi haqida bilmasligi haqida gapirgandi.
"Juda qiziq. Meyvezer ayni damda, ayol bokschidan ortda qolgan vaqtda o‘zini qanday his qilyapti ekan", deydi Ronda.
Qayd etish joizki, ESPN telekanal versiyasiga ko‘ra, Floyd Meyvezer beshinchi o‘rinni egallagan.