08:19 / 16.07.2015
3643

Rossiya FVV samolyotlari Yamandan 84 nafar o‘zbekistonlikni evakuatsiya qildi

15 iyul oqshomida Moskvadagi "Domodedovo" aeroportiga Yamandan odamlarni olib uchgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli 2 samolyot muvaffaqiyatli tarzda qo‘ndi. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, samolyotlarda Yamandan 118 kishi evakuatsiya qilingan. Ulardan 84 nafari O‘zbekiston, 15 nafari Rossiya, 8 nafari Ukraina, qolganlari Tojikiston, Efiopiya, Ozarboyjon va Moldaviya fuqarolari hisoblanishadi.

Top