Texnologiya | 13:09 / 16.07.2015
2807
1 daqiqa o‘qiladi

Solar Impulse 2 buzilib qolgani uchun 2016 yilga qadar parvozlarni bekor qildi

Solar Impulse 2 samolyotining dunyo bo‘ylab parvozi quyosh batareyalarining nosozligi tufayli to‘xtatildi.
Tinch okeani ustidan uchib o‘tish chog‘ida batareyalar qattiq qizib, iste'molga yaroqsiz bo‘lib qoldi. Samolyot jamoasi vakillarining aniqlashtirishicha, buzilish texnik nosozlik tufayli emas, loyihalashtirishdagi xatolar tufayli yuzaga kelgan. Muhandislar ushbu batareyalar tropik iqlim sharoitida tezroq qizib ketishini e'tiborga olishmagan.
Samolyot bir necha oy mobaynida ta'mirlanishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish