19:37 / 16.07.2015
3247

Terri Anri Angliya Premer ligasini maqtovchi videorolikda suratga tushdi

"Arsenal" jamoasining sobiq futbolchi Terri Anri "Angliya Premer ligasi nima uchun zo‘r" degan savolga javob beruvchi videorolikda suratga tushdi. 

Rolikda APLning barchaga tanish bo‘lgan eng chiroyli gollari namoyish etilgan vaqtda fransiyalik futbolchi ushbu voqealar orasida paydo bo‘lib, futbolchilar bilan birga yuguradi va gollarni birga nishonlaydi. Video Anrining "Bu dunyodagi eng kuchli liga" degan so‘zlari bilan tugaydi. 

Eslatib o‘tamiz, 2015/16 mavsumidagi APLning 1-tur uchrashuvlari 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. 

Top