Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:03 / 16.07.2015
3321
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikistonda Rossiya zenitchilarining uchar apparatlarga qarshi mashg‘ulotlari boshlandi
Tojikistondagi Lyaur poligonida Rossiya zenitchilarining harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, harbiylar shartli dushmanning uchar moslamalariga qarshi kurash olib borish malakasini oshirmoqda.
Ta'kidlanishicha, askarlar va zobitlar ZU-23-2 zenit qurilmasidan foydalanish borasidagi malakasini oshirib borishi hamda normativlarni bajarishi maqsadida ushbu mashg‘ulotlar tashkil etilgan.