Jahon | 09:32 / 16.07.2015
7453
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonlik ekspertlar Afg‘oniston bilan chegarada jangarilar to‘planayotganidan ogohlantirmoqda

Urush va tinchlikni yoritish institutining yozishicha, tojikistonlik ekspertlar Afg‘oniston bilan chegarada jangarilar kuchlarining to‘planib borayotganidan xavotirda. Bu haqda 12news.uz  xabar berdi.

Iyul oyi boshida Tojikiston prezidenti huzuridagi strategik tadqiqotlar markazi direktori Xudoyberdi Xoliqnazar matbuot anjumani o‘tkazib, bu faktni muxbirlarga oshkor qilgan edi.

2014 yilning boshidayoq chegarada 800 jangari turgan edi, hozirlikda bu son 8 mingga yaqinlashdi. Ular ichida Tolibon, IShID, O‘zbekiston islom harakati va “Jamoat Ansorulloh” singari guruhlarning jangarilari mavjud. Faqatgina Tojikiston fuqarolar urushi faxriysi boshchilik qilayotgan “Jamoat Ansorulloh” guruhida ming nafar jangari bor. Guruh 2010 yili Tojikistonda bir qator terrorchilik aktlarini sodir etgan edi.

Yaqinda milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymuddin Yatimov chegarani mustahkamlashga ko‘rsatma berdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish