08:29 / 16.07.2015
5117

Turkiyaning 6ta qiruvchi samolyoti Gretsiya havo chegaralarini kesib o‘tdi

Air News nashrining xabariga ko‘ra, Turkiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli qiruvchi samolyotlar Gretsiya havo chegaralarini buzib uchishgan.

Xabarda aytilishicha, Turkiyaning 6ta harbiy qiruvchi samolyoti Gretsiya osmonining shimoli-sharqiy qismida paydo bo‘lgan va janubga tomon harakatlanib, Egey dengizi ustidan uchib o‘tgan. Gretsiya Mudofaa vazirligi bu ma'lumotni tasdiqlagan.

Mudofaa vazirligida ta'kidlanishicha, bu samolyotlar qurollangan holatda bo‘lgan. Gretsiya aviatsiyasi ularni ta'qib etib, o‘z hududlaridan chiqarib yuborgan.

Top