01:39 / 16.07.2015
2498

Ukraina yil oxirigacha tashqi qarzlari bo‘yicha 5 mlrd dollar to‘lashi kerak

Ukraina 2015 yilning ikkinchi yarmida davlatning tashqi qarzi bo‘yicha 109,17 mlrd griven (joriy kurs bo‘yicha 4,96 mlrd dollar) to‘lashi kerak. Bu haqda Ukraina Moliya vaziri ma'lum qildi.

Iyul oyida Kiyev tashqi qarzi bo‘yicha 257 mln dollar, rasmiy kreditlar bo‘yicha 298 mln dollar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar kreditlari bo‘yicha 159 mln dollar to‘lashi kerak.

Ukraina Moliya vazirligida ma'lum qilinishicha, 2015 yilning avgust-dekabr oylarida mamlakat tashqi qarz bo‘yicha 4,71 mlrd dollar, tijoriy kreditlar bo‘yicha 4,16 mlrd dollar, xalqaro tashkilotlar kreditlari bo‘yicha 491 mln dollar, rasmiy kreditlar bo‘yicha 7,5 mln dollar to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ukraina joriy yilda hammasi bo‘lib 10,96 mlrd dollar to‘lashi kerak bo‘ladi.

Top