Sport | 07:05 / 16.07.2015
7041
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelalik og‘ir atletikachi ayol shtanga ko‘tarayotganida hushidan ketib qoldi

Venesuelalik og‘ir atletikachi ayol Jyenesis Rodriges Gomes Torontoda bo‘lib o‘tayotgan Panamerika o‘yinlarida shtanga ko‘tarayotganda hushidan ketib qoldi. Bu haqda Eurosport telekanali xabar bermoqda.

Gomes o‘z vazni – 53 kg dan ikki barobar ko‘proq vazndagi – 106 kg.li shtangani boshi ustidan ko‘tarishi bilanoq hushidan ketib qoldi.

Zaldagi shifokorlar Gomesni o‘ziga keltirishdi. Sportchi hech qanday jarohat olmagan. Sportchi oxir-oqibat 106 kg.lik shtangani ko‘tarishga muvaffaq bo‘lib, musobaqalarning kumush medali sohibiga aylandi.

Panamerika o‘yinlari ikkala Amerika qit'asida joylashgan davlatlar sportchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Musobaqalar 1951 yildan boshlab, asosan olimpiya sport turlari bo‘yicha har 4 yilda o‘tkazilib kelinadi.