19:31 / 16.07.2015
3397

Xitoy shimolida pirotexnika ishlab chiqaruvchi zavodda yuz bergan portlash oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

12 iyulda Xitoy shimolidagi Xebey viloyatining Dunvan shahrida pirotexnika ishlab chiqaruvchi noqonuniy zavodda yuz bergan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 21 kishiga ketdi. Yana 25 kishi jarohat oldi.

Mahalliy hokimiyat bergan ma'lumotga ko‘ra, halok bo‘lganlardan 3 nafari zavodga hech qanday aloqasi bo‘lmagan va portlash yuz bergan vaqtda yaqin atrofdagi binolarda bo‘lganlar.

Jarohat olganlardan kamida 2 nafari juda og‘ir ahvolda qolmoqda.

Politsiya ushbu zavodning egasini ushlashga muvaffaq bo‘ldi. Voqea tavsilotlari o‘rnatilmoqda.

Top