Jahon | 06:41 / 17.07.2015
1698
1 daqiqa o‘qiladi

8 iyuldan boshlab G‘arbiy Afrikada Ebola bilan kasallanishning 70ta yangi holati qayd etildi

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 8 iyuldan boshlab G‘arbiy Afrikada Ebola virusi bilan kasallanish oqibatida 15 ta o‘lim bilan tugagan va 70 ta kasallanish holatini qayd etdi. Bu haqda 16 iyul kuni Jyenevada chop etilgan statistik ma'lumotlar darak bermoqda.

Ebola virusi epidemiyasi boshlangandan beri Liberiya, Serra-Leone va Gvineyada ushbu kasallikdan 11 261 kishi vafot etdi, 27 643 kishi kasallandi. Liberiyada ushbu kasallik qurbonlari 4806 kishini, kasallanganlar 10666 kishini; Serra-Leoneda qurbonlar 3947 kishi, kasallanganlar 13209 kishini, Gvineyada qurbonlar 3762 kishi va kasallanganlar 2506 kishini tashkil etgan.

Ebola virusi bilan kasallanish holatlari shuningdek Mali, Nigeriya, Senegal, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQShda ham qayd etilgan. Bu davlatlarda kasallanganlar soni 10 nafardan ko‘proqni tashkil etmayapti. Bu davlatlardan faqatgina Nigeriyada 20 ta kasallanish va 8 ta o‘lim bilan tugagan holat qayd etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish