Jahon | 23:47 / 17.07.2015
2083
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada musulmonlar uchun mo‘ljallangan birinchi o‘rta maktab sentabrda ochiladi

Valloniya-Bryussel federativ hukumati poytaxtning Skarbeyek dahasida Belgiyadagi birinchi musulmon o‘rta maktabini ochishga ruxsat bergan, deb yozadi info.islom.uz . U yerda bolalar 12 yoshdan boshlab tahsil olishadi. Yangi diniy maktab “Ezgulik” nomi ostida 1 sentabrdan boshlab o‘z ishini boshlaydi. Qayd etilishicha, maktab 120 ta o‘quvchi uchun mo‘ljallangan. Kelajakda esa 660 kishi o‘qitilishi rejalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Belgiyaning 11,2 million aholisi bo‘lib, shundan 600 ming kishisi musulmon hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish