Texnologiya | 11:10 / 17.07.2015
2633
1 daqiqa o‘qiladi

eBay kompaniyasi eBay Enterprise’ni 925 mln dollarga sotganini tasdiqladi

Bir qator internet nashrlarda eBay kompaniyasi eBay Enterprise bo‘linmasini sotayotgani haqida yozilgan edi. Kompaniya ushbu ma'lumotlarni tasdiqladi. Venturebeat nashrining yozishicha, shartnoma qiymati 925 mln dollarni tashkil qilgan.
Endi bo‘linma Sterling Partners, Longview Asset Management, Innotrac, Permira singari bir qator yirik xalqaro investorlar ixtiyoriga o‘tadi.
EBay Enterprise offlayn do‘konlar asosida yaratilgan internet do‘konlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanar edi. 2009 yili eBay GSI Commerce’ni 2.4 mlrd dollarga sotib olib, uning nomini eBay Enterprise deb o‘zgartirgan edi. Bo‘linmani qayta sotish natijasida eBay 1.5 mlrd dollar yo‘qotadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish