07:23 / 17.07.2015
15586

Eng ko‘p milliarder ayollarga ega davlatlar nomi ma'lum qilindi

Approved Index kompaniyasi tadqiqot o‘tkazib, qaysi davlatlarda milliarder ayollar yashashini aniqladi. Bundan tashqari, mutaxassislar turli davlatlarda milliarder erkaklar va ayollar o‘rtasidagi nisbatni o‘rnatdilar. Bu haqda Independent nashri ma'lum qilmoqda.

70 ta davlatdan 1800 milliarder haqidagi ma'lumotlar tahlil qilinib, Angola milliarder ayollar milliarder erkaklardan ko‘p bo‘lgan dunyodagi yagona davlat ekanligi aniqlandi.

Xususan, ushbu davlatda bir nafargina ayol milliarder bo‘lib, birorta ham shunday erkak topilmagan.

Quyida eng ko‘p milliarder ayollarga ega davlatlar top o‘ntaligi berilgan.

1. Angola – 1 nafar ayol milliarder (mamlakatdagi jami milliarderlarning 100 foizi)
2. Chili – 12 nafar ayol milliarder (33,3 foizi)
3. Peru – 6 nafar ayol milliarder (33,33 foizi)
4. Monako – 3 nafar ayol milliarder (33,33 foizi)
5. Shveytsariya – 28 nafar ayol milliarder (27,59 foizi)
6. Turkiya – 32 nafar ayol milliarder (25 foizi)
7. Braziliya – 54 nafar ayol milliarder (24,07 foizi)
8. Ispaniya – 21 nafar ayol milliarder (23,8 foizi)
9. Shvetsiya – 23 nafar ayol milliarder (21,7 foizi)
10. Koreya Respublikasi – 30 nafar ayol milliarder (20 foizi).

Eng ko‘p ayol milliarderlar Braziliyada yashashi ma'lum bo‘ldi, biroq u yerda ular jami milliarderlarning 24,07 foizini tashkil qiladi.

Top