Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Ukrainada falokatga uchragan Boeing samolyoti bo‘yicha tribunal AQSh manfaati yo‘lida yaratilayotganini ma'lum qildi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainada falokatga uchragan Malayziyaga tegishli Boeing samolyoti bo‘yicha tribunal AQShning taxmini bo‘yicha aybdorlarni jazolash uchun yaratilmoqda, deb aytdi.
Lavrov AQShning Moskvadagi elchisi Jon Tefftning AQSh samolyotning falokati abydorlarini bilishi haqidagi bayonotiga shu tariqa javob berdi.
“Agar Vashington Tefft aytayotgandek hisoblasa, unda tribunal yaratish haqidagi fikr oydinlashadi: agar Vashingtonga hammasi ma'lum, AQShda esa BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi orqali faol tarzda tribunal yaratilishi qo‘llab-quvvatlanayotgan bo‘lsa, unda hammasini osongicha va tribunal qanday maqsadda yaratilayotganini tushunish mumkin. Ko‘riniishicha, tribunal Vashington aybdor deb hisoblayotganlarni taqib qilish uchun yaratilmoqda”, deb aytdi Lavrov.
Avvalroq Ukraina Oliy radasi BMTdan Donetsk hududida falokatga uchragan Boeing samolyotini tergov qilish bo‘yicha tribunal yaratishni so‘ragani ma'lum qilingandi.