14:20 / 17.07.2015
1591

"Liverpul" Benteke uchun 32,5 mln funt taklif qildi

"Liverpul" "Aston Villa" jamoasining belgiyalik hujumchisi Kristian Bentekening transfer qilish borasida faol harakatlarini davom ettirmoqda.

BBC nashrning ma'lum qilishicha, mersisaydliklar rahbariyati ushbu futbolchi uchun 32,5 mln funt to‘lashga tayyor.

Bentekening "Aston Villa" bilan shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Xabarda yozilishicha, "Liverpul" Benteke bilan shaxsiy kelishuvga erishishda qiyinchilikka duch kelmaydi. Ayni vaqtda birmingemliklar o‘z hujumchisini Liverpulga tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun yuborishi kutilmoqda.

Top