Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaning "Dinamo" jamoasi yangi stadioniga Lev Yashin nomi berildi
Moskvaning "Dinamo" jamoasi uchun Petrovsk xiyobonida qurilayotgan stadionga afsonaviy darvozabon Lev Yashin nomi berildi. Bu haqda 17 iyul kuni shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosim vaqtida e'lon qilindi.
Ma'lum qilinishicha, bu yangi stadionda "Dinamo" o‘zining ilk o‘yinini 2017 yilning 22 oktabrida, Lev Yashinning tug‘ilgan kunida o‘tkazadi. "VTB Arena park" loyihasi tarkibida barpo etilgan ushbu o‘yingoh o‘zida 26 ming 319 nafar muxlisni sig‘dira oladi.
Ma'lumot uchun, Lev Yashin FIFA versiyasiga ko‘ra, XX asrning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. U Moskvaning "Dinamo" jamoasi sharafini 1950 yildan 1971 yilgacha himoya qilgan hamda 5 marta Sobiq Ittifoq chempionligiga erishgan. U SSSR terma jamoasi safida 1954 yildan 1967 yilgacha 74ta o‘yin o‘tkazgan va 1956 yilda Olimpiada o‘yinlarida, 1960 yilda esa Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan. Lev Yashin 1963 yilda "Oltin to‘p" mukofotini olgan va bu mukofotni qo‘lga kiritgan yagona darvozabon hisoblanadi.
U 1990 yilning 20 mart kunida, Moskva shahrida 61 yoshida vafot etgan.