Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murad Buildings “Yangi ko‘chib kelganlarni kutamiz!” loyihasini ishga tushirmoqda
2015 yil oxiriga qadar Murad Buildings developerlik kompaniyasi Toshkentning turli burchaklarida, xususan, bog‘larda va turarjoylar atrofida 2 mingta qush inlari o‘rnatadi.
Aktsiyada ishtirok etish uchun inlarni yasash hamda joylashtirishga o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari talabalari taklif qilinadi. Ushbu aksiya yoshlar bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishiga ko‘mak beradi, shuningdek, ularga o‘z mehnati bilan mustaqil pul topish ko‘nikmasini hosil qilish imkonini beradi.
Aktsiya ekologik mazmunga ham ega. U ko‘plab qushlarga daraxtlar ichida emas, balki qulay yog‘och inlarda makon qurishga imkon beradi. Bunday inlar, daraxt ichidagi uyalardan farqli ravishda, Toshkentning yashil zonalarining xushmanzaraligini va obodonligini yanada oshiradi. Bundan tashqari, ushbu qulay qush uylari qush bolalarining uyalaridan tushib ketish xavfini kamaytiradi, shuningdek, qush oilalarini yirtqichlar va bezorilar hujumlaridan asraydi.
“Bizning kompaniyamiz aniq missiyaga ega, unda ijtimoiy va ekologik jihatlar muhim o‘rin tutadi”, – dedi, bu yangilikni izohlar ekan, kompaniya asoschisi va rahbari Murod Nazarov.
Murad Buildings – O‘zbekistonda ko‘chmas mulk developmenti sohasida faoliyat yurituvchi kompaniya. Ushbu kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishi o‘z ichiga ko‘p xonadonli uylar va tegishli ijtimoiy infrastrukturani oluvchi turar joy loyihalarini rivojlantirishdir. Turar joy komplekslari individual me'moriy konsepsiya asosida qurilib, turli darajadagi daromadga ega keng maqsadli auditoriyaga mo‘ljallangan.
Yosh va harakatchan mutaxassislardan iborat yangi menejment jamoasi shakllantirgan kompaniya bozor talablariga mos yangi loyihalar ustida ish boshlashga tayyorligini bildirmoqda.
Agar sizni kompaniyaning ushbu loyihasi qiziqtirsa, va siz unda ishtirok etishni istasangiz, quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling: +99890 372-27-11.