Jahon | 07:13 / 17.07.2015
3534
1 daqiqa o‘qiladi

OAVlar Ukrainada falokatga uchragan Boeing qulagan joydan olingan videoni chop etdi

News.com.au saytida Ukrainada falokatga uchragan Boeing MH-17 qulagan joydan ayirmachilar tomonidan olingan video chop etildi.

Yozuvda ayirmachilar voqea joyini ko‘zdan kechirib, yo‘lovchilarning shaxsiy buyumlarni olayotganlari va qulash joyini suratga tushirayotganlarini ko‘rish mumkin. Videoda sardorlardan biri telefon orqali ikkita samolyot bo‘lganini kimgadir aytmoqda, so‘ngra hududni tozalab, hech nimani suratga olmaslikni hamda “qora qutilar”ni olishga buyruq bermoqda.

Videoda ushbu sardor styuardessaning guvohnomasini ko‘rsatib, bu xorijiy samolyot ekanini aytmoqda. Uning suhbatdoshi undan kim samolyotga koridor ochganini so‘ramoqda.

Avvalroq AQSh Davlat kotibi Jon Kerri samolyot ayirmachilar tomonidan nazorat qilinadigan hududdan urib tushirilganini aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish