09:23 / 17.07.2015
6985

O‘zbekistonda IShID haqida hujjatli filmlar tayyorlanmoqda

O‘zbekistonda IShIDning g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarini haqqoniy yorituvchi bir qator hujjatli filmlar suratga olinadi.

Filmlar fuqarolarni bu guruhdan ogoh bo‘lishga, targ‘ibotchilar tuzog‘iga tushib qolmaslikka chaqiradi.

Iyun oyining oxirida markaziy telekanallarda o‘tkazilgan tok-shoularda mutaxassislar IShIDni keskin qoralab chiqishdi. Unda ishtirok etgan mas'ul shaxslar guruh tarkibiga qo‘shilayotgan yosh o‘zbekistonliklar soni ortib borayotganini tan oldi.

Ayni paytda ushbu tadbirlarning davomi sifatida televideniyeda hujjatli filmlar tayyorlanmoqda.

Top