Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya musulmonlarini hayit bilan tabrikladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Bu boradagi tabriknoma uning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Matnda aytilishicha, “Muborak ro‘za vaqti – Ramazon oyini yakunlar ekan, ushbu bayram chuqur ma'naviy mazmun, iymonni mustahkamlash, yangi tajriba, axloqiy tozalanish va o‘zini takomilga yetkazish baxtini o‘zi bilan olib keladi”.
Rossiya rahbarining fikricha, ushbu bayram nafaqat to‘kin dasturxon bilan, balki an'naviy ravishda yordamga muhtojlarga mehr ko‘rsatish bilan nishonlanadi.
“Musulmon tashkilotlari Rossiya hayotida faol ishtirok etayotgani muhimdir. Ularning davlat va jamoat strukturalari bilan o‘zaro hamkorligi rivojlanib bormoqda, xayriya, ta'lim tashabbuslariga katta e'tibor berilmoqda”, – deyiladi tabriknomada.
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham musulmonlarni tabrikladi. Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasiga yo‘llagan telegrammada hukumat rahbari Rossiya musulmonlar konfessiyalararo dialog va aloqalarni rivojlantirish ishiga o‘z munosib hissasini qo‘shishda davom etishiga umid bildirilgan.
Rossiya muftiylar kengashi rahbari Ravil G‘aynutdin hayit namozidagi amri ma'rufi chog‘ida barchani Ukraina va Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish uchun duo qilishga chaqirdi.