07:42 / 17.07.2015
3889

Qirg‘iziston prezidenti o‘z ma'muriyati rahbarini lavozimidan vaqtinchalik chetlatdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev o‘z ma'muriyati rahbari Doniyor Narimboyevni vaqtinchalik lavozimidan chetlatish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident ma'muriyatining axborot siyosati bo‘limi ma'lum qildi.

“Farmonga ko‘ra, Narimboyev Bosh prokuratura tomonidan parlament deputati Xojimurot Ko‘rqmasov va boshqa shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov amalga oshirish paytiga o‘z lavozimidan chetlatildi”, deb aytilmoqda bo‘limda. Narimboyev vaqtinchalik lavozimidan chetlatilishi haqidagi arizani o‘zi topshirgan. U o‘zining xatti-harakatini “tergovning borishiga ta'sir ko‘rsatish istagi” bo‘yicha gumonlardan qochish maqsadida qilgani bilan tushuntirgan.

Qirg‘izistonda 15 iyul kuni deputat Ko‘rqmasov 100 ming dollar pora olayotgan paytda jinoyat ustida qo‘lga olingan. Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Bosh prokuratura taxminiga ko‘ra, u hozirda tergov ostida bo‘lgan sobiq deputat va Bishkekning sobiq meri Narimon Tyuleyevga ma'lum haq evaziga u uchun ijobiy sud qaroriga erishishni taklif qilgan. Ko‘rqmasov qo‘lga olinishi bilanoq bir qator mahalliy OAVlar mamlakat huquq-tartibot muassasalaridagi o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda pora talab qilishga Narimboyevning aloqadorligi borligi haqida xabar berishgan.

Top