Jahon | 15:25 / 17.07.2015
2760
1 daqiqa o‘qiladi

Qohirada “Musulmon birodarlari”ning 6 a'zosi o‘ldirildi

Misr poytaxtida mahalliy aholi bilan to‘qnashuvlar chog‘ida “Musulmon birodarlari” guruhining 6 nafar a'zosi o‘ldirildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
IIV ma'lumotlariga qaraganda, politsiya xodimlari to‘qnashuv davomida guruhning 15 a'zosini qo‘lga olgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi 6 ekstremistning halok bo‘lganini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Misr bosh prokurori Xishom Barakat avtomobilining portlatib yuborilishi oqibatida halok bo‘lgan edi. Barakat “Musulmon birodarlari”ga qarshi ishlarni taftish qilishda ishtirok etayotgan edi. Shu ishlar bo‘yicha mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va harakat yetakchisi Muhammad Badiy o‘limga hukm qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish