O‘zbekiston | 16:01 / 17.07.2015
2179
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda KBRYaMning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy kotibiyat ochiladi

2015 yilning 17 iyul kunida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Bosh kotibi o‘rinbosari Machey Popovskini qabul qildi.

M.Popovski Kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar (KBRYaM) bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlarining Markaziy Osiyo uchun Mintaqaviy kotibiyati rasmiy ochilish marosimida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan.

Uchrashuvda KBRYaM markazlari Mintaqaviy kotibiyatini tashkil etilishi Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusining maqsad va vazifalariga muvofiq kelishi ta'kidlandi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha Strategiyasini amalga oshirish doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega boshqa masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralarda YeI delegatsiyasi boshlig‘i, elchi Yuriy Shterk ham ishtirok etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish