Sport | 22:55 / 17.07.2015
2480
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning “Lokomotiv” klubi Avstriyada to‘rtta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Ikkinchi davraga tayyorgarlikni Avstriyada olib borishni ma'qul ko‘rgan “Lokomotiv” kecha manzilga yetib bordi. “Temiryo‘lchilar” yig‘in mobaynida to‘rtta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi, deb xabar berdi klubning rasmiy veb sayti.

Daslatbki bahs ertaga Isroilning “Makkabi Xayfa” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Undan keyin jamoamiz Turkiya Superligasining ikkita klubiga qarshi maydonga tushadi: “Akhisar Belediyaspor” hamda “Konyaspor”, oxirgi uchrashuv esa BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi o‘tkaziladi.

18 iyul. “Lokomotiv” – “Makkabi Xayfa” (Isroil)
21 iyul. “Lokomotiv” – “Akhisar Belediyaspor” (Turkiya)
24 iyul. “Lokomotiv” – “Konyaspor” (Turkiya)
26 iyul. “Lokomotiv” – “Al Ayn” (BAA)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish